• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Rahbariyat qabuli

Mar 31, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Xabaringiz bor, haftaning juma kuni vazirlik binosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva qabuli bo‘lib o‘tadi.

Bugun ham qator yurtdoshlarimizning sohaga oid murojaat va takliflari Ozoda Joʻrayeva va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan tinglandi.

Xususan, koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning aholi tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy qurilmalarini bartaraf etish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik, shuningdek, yuridik shaxslarning boshqaruv tashkilotlari faoliyatiga oid munosabatlardagi anglashilmovchiliklar boʻyicha murojaatlari qabul qilindi.

? Shu bilan birga Mirobod tumanida faoliyat yurituvchi “Yangi dunyo plyus” shirkati mas’uli mulkdorlarning majburiy badal toʻlovlarini toʻlamayotganligi va uyning debitor qarzdorligi oshib ketayotganini bildirib, boshqaruvida boʻlgan 20-sonli uyni samarali ishlab kelayotgan BSKga biriktirish boʻyicha amaliy yordam soʻradi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, o‘rganish hamda vaqt talab etiladigan muammolarni tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi. Mazkur ishlar vazir oʻrinbosari nazoratida boʻlishi alohida ta’kidlandi.

Bizning sohamiz mas’uliyat demakdir. Undagi kamchiliklarni vaqtida bartaraf etmaslik yana katta muammolarga olib kelishi mumkin. Shu bois aholining hech qaysi murojaati e’tiborsiz qolmasin, – dedi vazir oʻrinbosari.