• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Rahbariyat qabuli

Apr 14, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Xabaringiz bor, haftaning juma kunlari vazirlik binosida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva qabuli bo‘lib o‘tadi. Bugun ham poytaxtimizning Yunusobod, Chilonzor, Shayxontohur hamda Mirzo Ulug’bek tumanlaridan kelgan qator yurtdoshlarimizning kommunal sohaga oid murojaat va takliflari vazir o‘rinbosari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan tinglandi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning boshqaruv usulini o‘zgartirish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik yoxud moliyaviy munosabatlardagi noaniqliklar, ko‘p qavatli turar-joylardagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etishga oid 15 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

➖ Murojaatlarning aksariyati bo’yicha mutaxassislar tomonidan huquqiy tushunchalar berildi, shuningdek, o‘rganish va vaqt talab etiladigan muammolarni tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar belgilandi. Ozoda Jo’rayeva mazkur jarayonlar shaxsan nazoratida bo’lishini ta’kidlab, hech qaysi murojaat javobsiz qolmasligini bildirdi.

– Aholimizni o’zi istiqomat qiladigan uyning taqdiriga befarq bo’lmaslikka undashimiz kerak. Yillar davomidagi e’tiborsizlik, tomonlarda daxldorlik tuyg’usining mavjud bo’lmaganligi tizimda yetarlicha muammolar yig’ilib qolishiga sabab bo’lgan. Davlatimiz tomonidan sohaga berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda mazkur muammolarga tizimli ravishda yechim topish asosiy maqsadimizdir, – dedi Ozoda Jo’rayeva.