📎 Bugun vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi mas’ullari ishtirokida jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.
Unda poytaxtimizning Olmazor, Chilonzor, Bektemir, Yashnobod tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillarining kommunal sohaga oid murojaatlari tinglandi. Xususan, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik, moliyaviy munosabatlardagi noaniqliklar, boshqaruv usuli yoxud tashkilotini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar va qator boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
◀️ Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari, u xoh shirkat bo‘lsin yoki BSK asosiy vazifasi nima ekanligini unutmasligi kerak. Ular avvalo, aholi bilan, ularning muammolari bilan qiziqishi shart. Mulkdorlarga birinchi yordam bera olmayotgan tashkilot albatta hurmat qozonmaydi, – dedi vazir o‘rinbosari.
Qabul qilingan murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushunchalar, faoliyati o‘rganilishi lozim bo‘lgan boshqaruv tashkilotlarini nazoratga olish bo‘yicha inspeksiya mas’ullariga esa tegishli topshiriqlar berildi.