Joriy yilda qurilish sohasini raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi
Qurilishning shaffofligini ta’minlash, barcha jarayonlarini nazorat qilishga mo‘ljallangan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini dastlab tajriba tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2020 yil may oyida tajriba tariqasida ishga tushirildi, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida real vaqt rejimida ishga tushiriladi.
“Shaffof qurilish” loyihasi o‘z ichiga quyidagi axborot tizimlarini qamrab olgan:
1. “Investitsiya dasturidagi obyektlar”
2. “Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari”
3. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish
4. “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi”
5. “Qurilish sifati nazorati”
6. “Geoportal”
7. “Reyting elektron platformasi”
8. “Tender elektron platformasi”