• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

RASMIY MUNOSABAT

May 25, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Sergeli tumani Quruvchilar mavzesi Xonobod ko’chasida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar  yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

🔴Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-aprelda “V.L.GALPERIN nomidagi Toshkent Truba Zavodi” MChJ Quruvchilar mavzesi, Xonobod ko’chasida 3 ta 9 qavatli turar joy majmuasi qurish uchun 611-sonli qarori qabul qilingan.

🟢Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2018-yil 7-dekabrdagi 31-1173/A -sonli xulosasi va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” davlat unitar korxonasi TOSHKENT SHAHAR FILIALIning 2019-yil 7-martdagi 149-sonli yig‘ma ekspert xulosalari olingan.

✔️Mazkur obyektda “V.L.GALPERIN nomidagi Toshkent Truba Zavodi” MChJ qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun inspeksiyaga 6989673-sonli xabarnoma yuborgan. Hozirgi kunda inspeksiya tomonidan 3 ta 9 qavatli turar joy majmuasi yerto’la va mansarda qurish obyektining qurilish-montaj ishlari ustidan Davlat nazorati o’rnatilgan.

➡️Obyektda tasdiqlangan loyiha hujjatlarida tarz qismida alohida xonadon egalari chiqishi uchun ochiq ayvon mavjud.

Telegram ijtimoiy tarmog’ida muhokama bo’layotgan binoning derazasi pastki qismida joylashgan suratda ko’rsatilgan chiqish yo’li berkilgan ochiq ayvon konditsioner kompressorlarini o’rnatish uchun qulaylik, yengillik yaratish hamda tarz qismining arxitekturaviy dizayniga zarar keltirmaslik uchun mo’ljallanganligi ma’lum qilinadi.