🔴Joriy yilning 18-aprel kuni viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining monitoring guruhi tomonidan Andijon shahar hududida olib borilgan oʻrganish jarayonida Andijon shahar Islomobod MFY Dukchi Eshon koʻchasi 26a-26b-manzilda ushbu hududda yashovchi fuqaro A.Kalonov tomonidan koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishi boshlanganligi aniqlangan.
➡️Fuqaro A.Kalonov tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun “Universal Dizayn” MCHJ tomonidan 2021-yilda rasmiylashtirilgan loyiha-smeta hujjatlari, viloyat qurilish Bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura shaharsozlik kengashining 2021-yil 29-sentabrda ijobiy xulosasi, “Universal Dizayn Ekspert” MJCH ekspertiza organining 2021-yil 29-sentabrda ekspert xulosasi olinganligi biroq fuqaro tomonidan qurilish-montaj ishlari inspeksiya roʻyxatidan oʻtmasdan boshlab yuborilganligi maʼlum boʻlgan.
❗️Holat yuzasidan shu kunning oʻzida fuqaro A.Kalonovga ogohlantirish xati hamda 2022-yil 18-aprel kuni № 05-01/75-sonli qurilish-montaj ishlari toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatma berilgan.
✅Fuqaro A.Kalonovning Davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaatiga asosan 2022-yil 19-aprel kuni viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyaga 7 qavatli, mansardali 48-xonadonli turar joy binosi qurilish boʻyicha № 276-sonli xabarnoma kelib tushgan va roʻyxatga olingan. Hozirgi kunga qadar inspeksiya tomonidan olib borilgan monitoring tadbirlari davomida buyurtmachi, pudratchi va loyihachilarga obyektda aniqlangan jami 35 ta kamchilik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan 9 ta yozma koʻrsatma berilgan hamda bajarilishi doimiy nazoratga olingan.