• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

RASMIY MUNOSABAT

May 31, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar Sergeli tumani Sergeli-6 mavzesi Mehrigiyo ko‘chasi 1-uy yonida joylashgan “Ko‘p qavatli turar-joy binosini” qurilish obyekti Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tmagan. Obyektga tegishli loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan o‘rnatilgan tartibda davlat xizmatlari yoki yagona interaktiv xizmatlar portali orqali qurilish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat Inspeksiyasiga murojaat etmagan va noqonuniy qurilish montaj ishlarini olib borgan.

Ushbu obyekt egasi yuridik yoki fuqarolik maqomi, to‘liq ism-sharifi, INN raqami yuzasidan ma’lumotlarni aniqlash imkoni bo‘lmaganligi sababli tekshiruvlarni koordinatsiya qilish tashkiloti bazasiga ma’lumotlarni kiritib, qisqa muddatli tekshiruvga ruxsat olish imkoni bo‘lmagan.

2020-yili Sergeli tuman prokuraturasi sudga da’vo arizasini kiritgan va imorat oldida o‘tkazilgan sayyor Sud majlisida tuman arxitektori, kadastr xizmati va inspeksiyadan borgan mutaxasislarning holat yuzasidan fikrlari eshitilgan. Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2020-yil 22-iyul kunidagi hal qiluvchi Qaroriga (4-1001-2003/8004-sonli ish) asosan imorat noqonuniy qurilma deb topilib, quruvchi hisobidan buzib tashlash majburiyati yuklatilgan, ammo O‘zbekistan Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati tomonidan 2021-yil 10-fevral kunidagi qarori bilan 4-1001-2003/8004-sonli ish yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga qaytarib yuborilgan.

Shuningdek, hozirda imoratning qurilish sifatini va zilzilaga bardoshliligini aniqlash maqsadida “MAXMUD DIZAYN QURILISH” MChJ korxonasi xonadon sotib olgan fuqarolar talablari ostida “Qishloqqurilishloyiha” AJ loyiha tashkiloti tomonidan instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan hamda xulosa olingan, mavjud obyektini ko’p qavatli turar-joy binolariga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish uchun Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasiniga “BEST LINE RIELTOR” MChJ murojaat etgan.

Hozirda imoratda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilib, qurilish maydonida tozalash ishlari olib borilmoqda.

Qurilish sohasida hududiy nazorat Inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli va 2020-yil 28-maydagi 343-sonli qaroriga asosan inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlarida tanlash yo‘li bilan qurilish davriyligida qurilish montaj jarayonini, loyiha smeta hujjatlarini va uning qatnashchilarining ish yuritishini nazorat qiladi.