Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi facebook ijtimoiy tarmogʻining “Закон и равноправие Узбекистан” guruhi orqali tarqalgan murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha mazkur obyektning Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi xulosasi olingan Shuningdek, “SKY IN PALM” MCHJ Toshkent shahar Chilonzor tumani 19-mavze 16-uy manzilida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasini qurish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi orqali roʻyxatidan oʻtgan. Inspeksiya tomonidan nazorat olib borish davrida qurilish obyektida handaq qazish ishlari bajarish jarayonida kamchiliklar aniqlanib, shu joyning oʻzida qurilish ishtirokchilari hamda buyurtmachiga tushuntirish berilgan va yozma koʻrsatma taqdim qilingan.
Qurilish obyekti qatnashchilari tomonidan inspeksiyaning yozma koʻrsatmasi talabalari bajarilmagani sababli qurilish ishlariga maʼsul A.Uzakovga nisbatan maʼmuriy ish hujjatlari tuzilib, MJtKning 99-moddasi qoʻllanilgan holda jarimaga tortilgan.
Qoʻshimcha ravishda inspeksiya inspektorlari tomonidan nazorat funksiyalarini bajarish davrida 2022- yil 18-aprelda mazkur obyektda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha yana yozma koʻrsatma taqdim qilingan.
Murojaatda keltirilgan holatlar boʻyicha inspeksiya tomonidan qurilish obyektida kamchiliklar aniqlanib, bularni bartaraf qilinmagunga qadar qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida 2022-yil 27-mayda yozma koʻrsatma taqdim qilingan.
Qurilish montaj ishlari jarayonida inspeksiya oʻz vakolati doirasida tushuntirish ishlarini olib borilgan. Murojaat muallifi tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan videolavhada inspeksiya xodimlarinnig tushuntirish ishlarini olib borayotgan jarayoni aks etmagan.
Bugungi kunda talablar bartaraf qilinguniga qadar qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish boʻyicha kafolat xati olingan. Qurilish obyektida ochiq handaq qazish, yer tuprogʻini zichlash, fundament plita uchun moʻljallangan pastki, yuqori va kolonna armokarkasslar toʻqish ishlari bajarilgan boʻlib, hozirda unda qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan.
Qurilish obyekti qatnashchilari tomonidan inspeksiyaning 2022-yil 27-maydagi yozma koʻrsatmasi talablari bartaraf etilmagani sababli “SKY IN PALM” MCHJ direktori A.Uzakovga nisbatan MJtKning 99-moddasiga asosan jarima jazosi qoʻllanilgan.