• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

RASMIY MUNOSABAT

Dekabr 25, 2020 Posted by: tested Yangiliklar

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda nomalum shaxs tomonidan Sergeli tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylarning birining lifti yonida teshik paydo bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Sergeli tumani, 3A – qurilish maydonida o‘rganishlar olib borildi. Natijada, imoratlardan birining lift shaxtasi devori teshilganligi va penoplast bilan sifatsiz qoplanganligi yuzasidan, Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi “O`ZSHAHAR QURILISH INVEST” MCHJ IK va quruvchi tashkilot “YANGI ZAMON BINO” MCHJ ma’sullari chaqirtirilib, hududdagi binolar o‘rganib chiqildi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarning aniq manzili yo‘qligi bois  lift shaxtasidagi devor yorig‘i mavjud bo‘lgan bino aniqlanmadi. Ammo, shunga o‘xshash holat 22 uyda kuzatildi.

Lift shaxtasi ikki qismdan iborat betonli bloklardan tashkil topgan bo‘lib, ularning bir-biriga ulanish oralig‘iga, seysmika talablariga asosan, loyiha hujjatlarida elastik mahsulot bilan jipslanishi ko‘rsatilgan. Elastik mahsulot sifatida penoplast o‘rnatilgan. Shuningdek, beton bloklarini montaj qilish uchun mo‘ljallangan ilgaklar oralig‘ida ham tirqishlar mavjud bo‘lib, ushbu teshiklar ham penoplast mahsuloti bilan berkitilgan. Tashqi ta’sir oqibatida ushbu tirqishga o‘rnatilgan penoplast qoplamasi ko‘chirib olingan.

Lift shaxtasining asosiy yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalariga zarar yetmagan va hozirda ushbu tirqish quruvchi tashkilot tomonidan bartaraf etildi.

VAZIRLIK MATBUOT XIZMATI