Ishonch telefoni: (+998 71) 210-11-04 ( ichki raqam 5 )

RASMIY MUNOSABAT

Yanvar 10, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu bino tadbirkor tomonidan qurilayotgan bo‘lib, dastlabki qavatlari savdo va xizmat ko‘rsatuvchi, yuqori qavatlari esa turar joyga mo‘ljallangan bo‘lgan. Qurilish ishlari yakuniga yetmagan. Ushbu hodisa natijasida vafot etgan yoki jabrlanganlar aniqlanmadi.

Hozirda Qurilish vazirligi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yaqin soatlarda qo‘shimcha ma’lumotlar beramiz.

 

 

Qurilish vazirligi matbuot xizmati