• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Rasmiy munosabat

Apr 1, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Xorazm viloyati Bogʻot tumani Beruniy mahallasi “Tabobat” koʻchasida 2021-yilda “Qishloq Qurilish Invest” MCHJ IK Xorazm filiali buyurtmachiligida qurilib foydalanishga topshirilgan 1 va 3-sonli qoʻp qavatli turar joylarning yon tomon fasadiga oʻrnatilgan issiqdan himoya qilish qoplamasi “Bazalt” bilan pardozlash ishlari kuchli shamol taʼsirida tushib ketganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan edi, ushbu voqea yuzasidan Bogʻot tuman prokuraturasining 2022-yil 28-martdagi №10.2/7-22-sonli topshirigʻiga asosan Xorazm viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan inspeksiyaning 2022-yil 28-martda №65-sonli “Mutaxassis ajratish toʻgʻrisida” buyruq chiqarilib, mutaxassis obyektga borib oʻrganish oʻtkazdi.

Oʻrganishda quyidagilar aniqlandi:

-Buyurtmachi “Qishloq Qurilish Invest” MCHJ IK Xorazm filiali, pudratchilar “Orzu qurilish taʼmirlash” MCHJ va “Yangiariq qurilish taʼmirlash” MCHJ, loyihachi tashkilot “Qishloq Qurilish loyiha” MCHJ IK Xorazm filiali, Bogʻot tumani hokimligi mutaxassislari ishtirokida obyekt koʻzdan kechirildi.

-Kuchli shamol natijasida “Bazalt” qoplamasi devordan ajralib tushib ketgan, qoplamani mahkamlab turuvchi stekloplastik ankerlarning devorga kiritilgan qismi devorda qolib, qoplamani ushlab turuvchi qalpoqchalari sinib ketgan. Hozirda ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilgan. Bunga koʻra pudratchi tashkilot oʻz mablagʻlari hisobidan kamchliklarni qayta qilib berishini bildirdi.