Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Sergeli tumani Sergeli 5-dahasida joylashgan “Ko’p qavatli avtoturargoh, maishiy xizmat ko’rsatish hamda ko’p qavatli turar joy binolarini qurish” obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan video yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Sergeli tumani qurilish bo‘limi tomonidan 2020-yil 16-iyulda “Ko‘p qavatli avtoturargoh, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish hamda sport majmualari”ni yuridik hujjatga ega bo‘lgan qismini “Pastki qavatlarida avtoturargoh, savdo va maishiy hamda bolalar bog‘chasi bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari”ga qayta ixtisoslashtirib, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun “SIMPLE TOWN” MChJga ruxsatnoma berilgan.
Ombudsmanni xabardor qilgan holda 2020-yil 6-noyabrda obyektda tekshirish ishlari o‘tkazilgan. Ammo buyurtmachi tomonidan Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor qilmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgani aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan talablar belgilangan kunga qadar bartaraf etilmagani sababli 2020-yil 10-dekabrdagi Toshkent shahar Sergeli tuman ma’muriy sudining 3-1011-2002/5142-sonli qarori qabul qilingan. Yana holat yuzasidan inspeksiyadan qayta ko‘rsatmalar berilgan hamda talablar belgilangan kunga qadar bartaraf etilmagan sababli 2021-yil 28-apreldagi Toshkent shahar Sergeli tuman ma’muriy sudining 3-1011-2103/2385-sonli qarori qabul qilingan.
Qurilish obyekti Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini qurilish montaj ishlarini boshlashdan oldin xabardor etmaganligi sababli binoning instrumental ijobiy texnik xulosasi olinib, hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda xabardor etish tartibi orqali 2022-yil 5-martda ro’yxatdan o’tgan.
Inspeksiya tomonidan yana 2022-yil 5-aprel kuni qurilish obyektida monitoring ishlari o’tkazilib, “SIMPLE TOWN” MChJning qurilish ishlari bo’yicha ma’sul xodimlariga qurilishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, ijro hujjatlari o’z vaqtida yuritilmayotganligi hamda QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”ning qurilish maydonida mexnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan shaffof qurilish elektron tizim platformasi orqali ko’rsatmalar berilgan.
Qurilish inspeksiyasi inspektori xabariga ko’ra joriy yilning 13-aprel kuni soat 19:04 da “SIMPLE TOWN” MChJga qarashli minora kranining boshqaruv qismi qisman yongan. Yong‘in soat 19:34 da o‘chirilgan. Toshkent shahar Sergeli tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’sullarining so’zidan tahminiy sababi: elektr simlarida qisqa tutashuv bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Yong’in oqibatida jabrlangan hamda tan jarohat olganlar yo’q.