• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

RASMIY MUNOSABAT

Noyabr 24, 2020 Posted by: tested Yangiliklar

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Nukus va Mirobod ko‘chalari kesishuvida joylashgan, buyurtmachi “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” XKsiga tegishli bo‘lgan, pastki qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi nazarda tutilgan ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishida, atrofda yashovchi insonlarning ijtimoiy ahvoli inobatga olinmagani, har kuni ertalab soat 6 dan ish boshlanishi, uylarining yorilib ketgani, shovqin farzandlariga salbiy psixologik ta’sir qilayotgani, texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilinmagani haqida video murojaat joylandi. Ushbu holat inspektorlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, aytilgan vajlar qisman o‘z tasdig‘ini topgan.
Buyurtmachi “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” XKga qurilish-montaj ishlarini olib borish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha tegishli yozma ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bu haqda buyurtmachi “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” XK tomonidan kafolat xati inspeksiyaga taqdim etilgan.