‼️2022-yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 21312 ta xonadonli, 619 ta ko‘p kvartirali uy-joylar, 57 ta ijtimoiy soha obyektlari:
📎 18 ta umumta’lim maktablari (13 230 o‘rin);
📎 24 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (6 420 o‘rin);
📎 15 ta tibbiyot muassasalari (1 500 qatnov) va boshqa obyektlar qurilishi rejalashtirilgan.
🍀 Har bir hududning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib, massivlarda daraxtlar ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
📌 bino yerto‘lasi tashqi devorlari energiya tejamkor penopolistirol ashyosi bilan qoplanishi, hamda uy-joylarning yerto‘lalaridan kommunal turar joy xonalari sifatida foydalanish;
📌 bino tashqi devorlari energiya tejamkor bazalt tolali mineral plitalar qoplanishi;
📌 tom qismi issiqlik himoya qatlami sifatida ikki qatlam bazalt tolali mineral plitalar to‘shalishi;
📌 bino pollarida issiqlik himoya qatlami va qavatlararo tovushdan himoya qatlami sifatida ko‘pirtirilgan polietilen ishlatilishi;
📌 besh qavatgacha bo’lgan kompleks konstruksiyali uy-joy binolarida metalga bo’lgan extiyojni sezilarli kamaytirish maqsadida nometal (ASK, ABK) armaturalar qo’llash;
📌 xonalarni isitish tizimi loyihasida har bir xonadonda bir konturli suv isitish qozonlari, hamda gazanalizatorli o’chiruvchi klapanlari;
📌 issiq suv ta’minoti uchun har bir xonadonda 50 litrli suv isitish qozoni ko’zda tutilgan;
📌 binoning ichki yoritish tizimlarida energiya tejamkor LED yoritish chiroqlari;
📌 binoga kirish qismida muqobil energiya – quyosh batareyasida ishlaydigan yoritish chiroqlari o’rnatilishi;
📌 bino podyezdining har bir qavat yo’lagida sensorli yoritish chiroqlari ko’zda tutilgan.
✅ Hozirda massivlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.