• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

RENOVATSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > RENOVATSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Apr 25, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Mamlakatimiz Prezidentining 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish kabi masalalarga eʼtibor qaratilgan edi.

Xususan, yurtimizdagi mavjud 34 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarning aniq holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, dunyodagi yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o‘rgangan holda renovatsiya dasturini, yaʼni eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish lozimligi taʼkidlangan edi.