Andijon shahri Fitrat ko‘chasida joylashgan 251-uy holatini oʻrganish ishlari:
❗️“Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti bosh konstruktori Sherzod Odilov
Asosiy kamchiliklari -25 qalinlikdagi g‘isht devordan toʻldiruvchi sifatida foydalanilgan. Seysmik ta’sirlar bo‘yicha loyihada ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan. Fasad bo‘yicha binoning qavatlari oralig‘ida to‘ldiruvchilarda har xil kuchaytiruvchi tadbirlar qo‘llanilgan. Masalan, birinchi qavatdan beshinchi qavatigacha metall ugolok ishlatilgan boʻlsa, keyingi qavatlarining ba’zi joylarida temir-beton o‘zaklardan foydalanilgan. Gorizontal, vertikal o‘rnatuvchi elementlar amalda qilinmagan. Xususan, loyihada energiya tejamkorlik talablari bajarilmagan.