Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullari, qator qurilish-loyiha tashkilotlari mutaxassislari hamda OAV vakillaridan iborat tezkor guruh o’rganish ishlarini Andijon viloyatida davom ettiryapti.
🔍 Ayni daqiqalarda Andijon shahar Navbahor MFY, Toshkent koʻchasi eski 2511-avtokorxona hududida qurilayotgan 9 qavatli 10 ta turar-joy binolarining holati ko’zdan kechirilmoqda.
Avvalo, obyektda texnika xavsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi, ishchilarda muhofaza uchun maxsus kiyimlar yo’qligi yaqqol ko’zga tashlandi.