• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

REYD

Fev 22, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔔 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tashabbusi bilan “Oʻzogʻirsanoatloyiha”, “Qishloqqurilishloyiha”, “OʻzGASHKLITI”, “Tashgiprogor”, “ToshuyjoyLITI” singari qator qurilish loyiha tashkilotlari, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Seysmologiya institutlarining yetakchi ekspert va mutaxassislari ishtirokida reyd tadbirlari tashkil etildi.

Koʻzlangan maqsad – hududlarda qurilayotgan obyektlarning loyiha hujjatlari bilan tanishish, qurilish sifatini koʻzdan kechirish, aniqlanadigan kamchiliklarni erta bartaraf etilishiga erishish.

➡️ Ishchi guruh eʼtiboridagi ilk manzil – Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Shodlik” MFY hududida bunyod etilayotgan 9 qavatli turar-joy binosi.

Reyd davomida soha mutaxassislari tomonidan bino osti yer ishlari bilan binoning muhandislik-geologik qidiruv izlanishlar xulosasining muvofiqligi, bino konstruksiyasining amaldagi meʼyorlarga mosligi oʻrganildi.