❗️Reyd tadbirlari davomida Buxoro shahrida joylashgan koʻp qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalar ham oʻrganilmoqda.
Buxoro shahar Navoiy shoh ko‘chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro uyning yerto‘la qismini hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz o‘zlashtirib, loyihadan chiqqan holda qayta qurish ishlarini boshlagan.
Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 159-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirda Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasining nazorati ostida qayta tiklash hamda kuchlantirish ishlari olib borilmoqda.