? Reydning navbatdagi manzili Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi boʻldi. Soha mutaxassislari 14-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolarning noturar joy mulkdori tomonidan qoidabuzarliklarga yoʻl qoyilayotgani boʻyicha murojaatlarini oʻrgandilar. Unga koʻra haqiqatdan ham noturar joyning ichki yordamchi devor qismlarida loyiha hujjatlarisiz qayta qurish ishlari boshlaganligi aniqlandi.
Tadbirkorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 159-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida ma’muriy jazo qo‘llanildi.
? Shuningdek, noqonuniy qayta qurilishlar ushbu koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchi aholi hayotiga xavf tugʻdirishi mumkinligi boʻyicha tushuncha berildi.