🔍 Shahar markazidagi noqonuniy qurilish reyd nishonida!
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi masʼullari hamda OAV vakillari ishtirokida bugun tashkil etilgan reyd tadbiri davomida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Labzak koʻchasida qad rostlayotgan koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishining qonuniyligi oʻrganildi.
Taʼkidlash kerakki, obyektdagi qurilish-montaj ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori bilan belgilangan talablarga amal qilmagan holda yaʼni hududiy nazorat inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtmasdan turib, olib borilayotgani aniqlangan.
Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “Mustahkam Qurilish Biznes” MCHJ QKga bir necha bor yozma koʻrsatma rasmiylashtirilgan. Mazkur qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan 2021-yilning 12-noyabr kuni buyurtmachi tashkilotga nisbatan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Birmuncha vaqt oʻtib, aniqrogʻi 2022-yilning 10-mayida “Mustahkam Qurilish Biznes” MCHJ QKga qarashli pastki qavatlari noturar joy boʻlgan zamonaviy koʻp qavatli turar-joy qurilish obyektiga nisbatan Toshkent shahar hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 61-sonli yozma koʻrsatma berilgan. Yozma koʻrsatma talablari bajarilmagani uchun direktor oʻrinbosari B.I.ga nisbatan 2022-yil 26-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi MJKning 99-moddasi
7-qismi bilan maʼmuriy jazo qoʻllanilgan.