❗️Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi mas’ullari tomonidan poytaxtimizning qator tumanlarida koʻp kvartirali uylardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash boʻyicha navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mazkur nazorat jarayonlariga ommaviy axborot vositalari ham jalb etilgan.
Dastlabki manzil Shayxontohur tumani “Jangoh” mahallasi 19-uy boldi. Mazkur koʻp qavatli uyning 1-son xonadon mulkdori tomonidan turar joy noturar joyga oʻzgartirilgan.
Inspeksiya tomonidan mazkur holat joriy yilning 28-aprel kuni oʻrganilgan boʻlib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish boʻyicha tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, 15 kun muddat ichida qoidabuzilish holatlarini bartaraf etish uchun koʻrsatma berilgan.
➖ Bugungi reyd davomida mulkdor tomonidan inspektorning koʻrsatmasiga asosan loyihadan chiqish holati toʻliq bartaraf etilganligi aniqlandi.