• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

REYD

Fev 22, 2023 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

➖ Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan aholi murojaatlariga asosan ko‘p qavatli uylarda noqonuniy qurilmalarni aniqlash va huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish ishlari davom etmoqda.

Xususan, poytaxtimizning Shayxontohur tumani Labzak dahasi 1-a uyning yerto‘lasi tegishli talablarni buzgan holatda o‘zgartirilgan. Fuqaro loyiha hujjatlaridan chetga chiqqan holda binoning tayanch devorlari hamda kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvini o‘zgartirgan.

❗️Inspeksiya tomonidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda binoni o‘z holiga qaytarish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari amalga oshirilishi ta’kidlandi.