• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

REYD

Fev 28, 2023 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Mamlakatimizda oxirgi yillarda qurilish sohasida koʻplab amaliy tashabbuslarga qo’l urildi, ko’plab bino-inshootlar, ijtimoiy soha obyektlari barpo etildi.

Sohada zamonaviy kreativ yondashuv shakllanmoqda, albatta, bajarilayotgan ishlar yaxshi. Biroq bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining loyiha institutlari bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan oʻrganishlari davomida poytaxtimizda nuqsonlari bor qurilish obyektlariga ham duch kelinmoqda.

Xususan, ishchi guruhi ayni paytda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Izzat koʻchasi 58-ko‘p qavatli bino qurilishidagi texnik holatlarni oʻrganmoqda, bu yerda Qurilish sohasida hududidy nazorat inspeksiyasining Yashnobod tumani bo’limi boshlig’i Jamshid O‘tashev aynan ushbu qurilish obyekti bosh muhandisiga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar bermoqda.