🗺 Xususan, ishchi guruhi tomonidan ayni paytda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Izzat koʻchasi 58-ko‘p qavatli bino qurilishidagi texnik holat o’rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Mazkur uylarni qurilishiga nazar tashlansa bu yerda g‘isht terish ishlaridagi nuqsonlar ko‘zga tashlanadi, shuningdek, suvoq ishlari ham sifatsiz bajarilgan. Obyektda o‘rnatilgan ustunlarni qo‘yishda ham xatoliklar mavjud bo‘lib, har xil darajadagi o‘lchamlarga ega va loyihadan chetga chiqish holatlari kuzatilmoqda.