🟥Ma’lum qilganimizdek, vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan poytaxtimizning barcha tumanlarida joylashgan ko’p qavatli uylarda noqonuniy qurilmalar qurish orqali, uyning texnik holatiga ta’sir ko’rsatayotgan obyektlarga reyd tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.
🟠Bugun ana shunday tadbirlarning biri Olmazor tumani Sebzor dahasida “Sevimli” telekanali ijodkorlari hamkorligida bo’lib o’tdi. Mazkur uyning 29-sonli xonadonida istiqomat qiluvchi mulkdor o’zboshimchalik bilan ko’p qavatli uyning tayanch devorlariga zarar yetkazgan holda uyning loyihasini noqonuniy o’zgartirgan. Suratlarda ko’rinib turganidek, hattoki binoni ushlab turuvchi temir to’sinlar ya’ni armaturalar ham kesilgani aniqlandi.
📎 Holat yuzasidan mulkdorga tegishli bayonnomlar rasmiylashtirilib, belgilangan muddatda uyni o’z holiga qaytarish bo’yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga bunday noqonuniy qurilmalarni qurish avvalo, o’zlarining xavfsizligiga ta’sir o’tkazishi bo’yicha tushunchalar berildi.