❓Savol: Qurilish vazirligi mas’ul bo‘limlariga har kuni reyting ballari ko‘rsatkichlari, undagi o‘zgarishlar bo‘yicha o‘nlab murojaatlar bo‘ladi. Xo‘sh, tashkilot reyting ballari aslida qanday shakllantiriladi?
‼️Javob: Haqiqatdan ham savolingiz oʻrinli. Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida yuritilayotgan reyting platformasiga qurilish tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni haqqoniyligi uchun tegishli vazirlik va idoralar masʼul hisoblanadi.
Bular – Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat Statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish” agentligi, Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasidir.
Shu sababli siz choraklik hisobotlaringizni oʻz vaqtida toʻgʻri va sifatli topshirsangiz reyting yangilanganda sizning ballaringiz haqqoniy shakllanadi.
Platformada shakllantirilgan maʼlumotlar boʻyicha eʼtirozlaringiz boʻlsa masʼul vazirlik va idoralarga murojaat qilishingiz soʻraladi.
Reyting tizimiga taklif va eʼtirozlaringizni Qurilish vazirligining veb sayti mc.uz da qoldirishingiz mumkin.