✅2022-yilda Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida 143 ta (shundan 31 tasi yildan-yilga oʻtuvchi) obyektni qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash ishlari belgilangan.
▶️Obyektlarning umumiy qiymati 1 trillion 170 milliard 495,9 million soʻmni tashkil etadi.
🏗Jumladan, 40 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta 480 oʻrinli ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, 20 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 10 ta sogʻliqni saqlash obyektlari, 7 ta qirgʻoqlarni mustahkamlash, 16 ta shahar va tuman markazlarini obodonlashtirish, qurish-taʼmirlash rejalashtirilgan.