Bugun respublikamizda qurilish metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish yuzasidan xalqaro standartlarga ega GOST 10884-94, GOST 5781-82 va GOST 34028-2016 talablari asosida amaldagi me`yoriy hujjatlarga ko`ra, diametri 10-36 mm.gacha bo`lgan issiq haydalgan armatura prokati hamda A400-A800 sinflariga mansub, jumladan, A500S, A600S va A800S bo`lgan termomexanik mustahkam armatura prokatlari ishlab chiqarilmoqda.
Videokonferensiya tarzida o`tgan seminarda ushbu sinflarga mansub armatura prokatlarini afzalliklari va texnik xususiyatlari foydalanuvchilarga tushuntirildi.