• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Samarqandda Qurilish vaziri o'rinbosari Shuhratxo'ja Hoshimov turkiyalik loyihachi va muhandislar bilan uchrashdi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Samarqandda Qurilish vaziri o’rinbosari Shuhratxo’ja Hoshimov turkiyalik loyihachi va muhandislar bilan uchrashdi.
Sen 8, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️Turkiyaning shaharsozlik sohasida faoliyat yurituvchi “PROYAPI” va “NDimar” shirkatlarining rahbar va loyihachilaridan iborat delegatsiya Samarqandda bo‘lib turgani xususida xabar bergan edik.

Samarqandda Qurilish vaziri o’rinbosari Shuhratxo’ja Hoshimov turkiyalik loyihachi va muhandislar bilan uchrashdi.

Tadbirda Samarqand shahrini rejalashtirish, hududlarning bosh rejalarini ishlab chiqish, tarixiy va madaniy meros obyektlarini saqlash hamda ulardan foydalanish borasida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, shaharsozlik, qurilish sohasidagi aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi bilan “NDimar” shirkati o‘rtasida ikki tomonlama memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.