• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Samarqandda tibbiyot klinikasi va teatr binosi yangi qiyofaga kirmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Samarqandda tibbiyot klinikasi va teatr binosi yangi qiyofaga kirmoqda
Mar 16, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

▶️Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasining yangi qurilayotgan binosi yaqin kunlarda aholi ixtiyoriga topshiriladi. Maydoni 4,5 gektarni tashkil etuvchi klinikada terapiya va tugʻruq boʻlimlari qurilganiga qariyb 100 yil boʻlgan. Endilikda bu yerda 55,5 milliard soʻmlik loyiha asosida oʻquv va amaliyotni bir joyda oʻtkazishga moʻljallangan yangi bino qurilmoqda. 200 oʻrinli xirurgiya boʻlimi va institutning 6 kafedrasi ham yangicha tipda barpo etilyapti. Bino qurilishida tibbiyot xodimlari, muhandislar bilan kelishilgan holda loyiha ishlab chiqildi. 4 qavatdan iborat yangi binoning 3 qavati davolash, 4-qavatida reanimatsiya boʻlimi, jigar va buyrak transpontologiya boʻlimlari joylashadi. Bino 2022-yil noyabr oyida foydalanishga topshiriladi.

✔️Shuningdek, viloyat musiqali drama teatri binosida ham taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 2021-yil oktabr oyida obyektda loyiha asosida ishlar boshlangan. Qiymati 87 milliard soʻmlik loyiha doirasida tashqi va ichki pardozlash ishlari, isitish, sovutish, havo almashtirish, suv, kanalizatsiya tizimlari toʻliq rekonstruksiya qilinmoqda. Binoning tashqi qismi zamonaviy toshlar bilan qoplanadi. Кirish hovlisi Gʻozgʻon marmarlari, ichki qismi esa granit va kafel bilan bezatiladi. Asosiysi, ishlatilayotgan materiallarning aksariyati oʻzimizda ishlab chiqarilgan.