• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Savol: Qurilish tashkilotlari reyting koʻrsatkichlari nima uchun kerak?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Savol: Qurilish tashkilotlari reyting koʻrsatkichlari nima uchun kerak?
Apr 13, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

‼️Javob: Reytinglar loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning innovatsion faoliyati darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, xodimlarning salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun qurilish-montaj va loyiha ishlari sifatini sohalar boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardagi darajaga olib chiqishga zamin yaratadi.

✅Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi Qarori ijrosi yuzasidan, Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida Qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingi shakllantirilib, bugungi kunda yuritilmoqda. Reytingni yuritishda inson omilini qisqartirish hamda sifatini oshirish maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga zarur boʻlgan maʼlumotlarni saqlovchi axborot-dasturlari tegishli vazirlik va idoralar, jumladan, Davlat Statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Bandlik va mehnatni muhofaza qilish vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish” agentligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan toʻliq integratsiya qilingan.