• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Senatning Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishda «Xalqparvar komissiya roli» mavzuida davra suhbati

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Videolavhalar > Senatning Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishda «Xalqparvar komissiya roli» mavzuida davra suhbati
Apr 1, 2021 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Uy-joy qurish va aholini uy-joy bilan ta’minlash ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi

Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan “Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishida “Xalqparvar” komissiyaning roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari raisligida 2021-yil 3-mart kuni uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy uy-joy qurish va ijaraga berish, ipoteka krediti shartlarini yengillashtirish va birinchi badal uchun subsidiyalar ajratish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi.

Davra suhbatida mazkur chora-tadbirlar maxsus dasturining mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan ijro etilishi hamda mazkur sohada parlament va jamoatchilik nazoratining olib borilishi muhokama qilindi