• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi

 

Tizim haqida: “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi qurilish sohasida loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish va barcha aniqlangan kamchiliklar, kiritilgan o‘zgartirishlar, loyiha hujjatlari hamda ekspertiza xulosalarini yagona bazada elektron tarzda saqlashni ta’minlaydi.

Tizimining asosiy vazifalari:

  •  loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan murojaatlarni elektron tarzda yuborish va natijalarni elektron shaklda qabul qilish;
  • loyiha-smeta hujjatlarini elektron shaklini tizimga yuklash va uni yagona bazada saqlash;
  • arxitektura rejalashtirish topshirig‘i, arxitektura kengashi tomonidan kelishish hujjatlari, ekologiya xulosalari, sohaviy xulosalar, geologiya tadqiqotlar xulosasi, loyiha topshirig‘i, texnik shartlar, loyihalashga litsenziya elektron shaklda umumiy bazaga yuklash va olish;
  • ekspertlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimga kiritib borish;
  • ekspertiza jarayonlari bo‘yicha nazorat va hisobotlarni avtomatik ravishda shakllantirish. axborot tizimi.

 

Huquqiy asoslar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20.09.2019 PQ-4464-son qarori

Tizim foydalanuvchilari:

Yuridik tashkilotlar