• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

SHAHRISABZDAGI KOLLЕJ O‘QITUVCHILARINING MAOSHLARI TO‘LAB BЕRILADI

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > SHAHRISABZDAGI KOLLЕJ O‘QITUVCHILARINING MAOSHLARI TO‘LAB BЕRILADI
Mar 17, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq Qurilish vazirligi tarkibiga 14 ta o‘rta va 3 ta o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari, jumladan Shahrisabz tuman qurilish va kommunal xo‘jaligi kolleji ham o‘tkazilgan. Mazkur ta’lim muassasasi Qurilish vazirligi tarkibiga o‘tkazilganidan so‘ng 2019/2020 o‘quv yilida 212 nafar o‘quvchi kollejni tugatdi va mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashdi. O‘quv yili yakuni bilan Respublikadagi barcha ta’lim muassasalari kabi mazkur kasb-hunar kollejining faoliyati yakunlandi. Barcha o‘qituvchilarga Mehnat kodeksining 100 modda, 2-qismi, 1-bandiga asosan 2 oylik kompensatsiya to‘lovlari to‘liq to‘lab berildi.

Ma’lumki, o‘tgan yilgi butun jahonda yuzaga kelgan global pandemiya ta’siri mamlakatimizda barcha sohalar kabi ta’lim sohasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada o‘quv jarayoni odatdagidek sentabrda emas, 2020 yilning 21 dekabridan boshlandi. O‘quvchilar qabuli davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirildi. Pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayganligi hisobiga hozirgi kunga qadar kollej o‘quvchilari tomonidan 7 mln so‘m kontrakt to‘lovi amalga oshirilgan, xolos. Buning natijasida kollej jamoasiga to‘lanadigan maoshlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida, (jumladan, Qurilish vazirligi tarkibidagi barcha professional ta’lim muassasalari uchun) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan pedagog-xodimlarga mazkur oylar uchun oylik maoshlar to‘lab berildi.

Birgina Qashqadaryo viloyatida Qurilish vazirligiga noma’lum bo‘lgan sababga ko‘ra 2020 yil dekabr hamda 2021 yil yanvar-fevral oyi uchun pedagog-xodimlarga oyliklari berilmagan. Mazkur masala to‘g‘risida vazirlikning joriy yil 14 martdagi murojaatiga Qashqadaryo viloyati tegishli mutasaddilari Navro‘z bayramiga qadar barcha qarzdorliklarni uzishni rejalashtirishganini ma’lum qilishgan. Ushbu holat Qurilish vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan va 18 mart kuni barcha xodimlarga oylik maoshlari to‘lab berilishi ta’minlanadi.

Yana shuni qo‘shimcha qilamizki, kollej rahbariyatining faoliyati yuzasidan Vazirlikka salbiy holatlar (korrupsiya, intizomiy jazo choralari) yuzasidan ma’lumotlar kelib tushmagan. Vazirlikning mas’ul boshqarmasi tomonidan esa kollejning faoliyati yuzasidan tizimli ravishda nazorat va monitoring olib borilmoqda.