• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“Shirin” mahallasida yangi BSK ochildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > “Shirin” mahallasida yangi BSK ochildi
Yanvar 31, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Prezident tashrif buyurgan Uchtepa tumani “Shirin” mahallasida yangi “Uchtepa shirin” boshqaruv servis kompaniyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, tuman prokurori Alisher Qorayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Mazkur boshqaruv servis kompaniyasi mahalladagi 24 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatadi. Yangi barpo etilgan BSK binosida aholi murojaatlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

🔔 Ma’lumki, Prezidentimiz tashriflaridan soʻng “Shirin” mahallasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, koʻp qavatli uylarning tom, fasad qismlari hamda kirish yoʻlaklari ta’mirlandi. Bolalar uchun zamonaviy oʻyingohlar barpo etildi. Koʻp qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, tartibga keltirildi.

– Mahallamizda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlaridan mamnunmiz. Barcha mutasaddilarga rahmat, kunni kun, tunni tun demay ishladilar,- dedi mahalla nuroniysi.

🗣Ochilish marosimida Ozoda Joʻrayeva soʻzga chiqib, xizmat koʻrsatish sohasida yangi qadam qoʻyilganligi bilan aholini samimiy tabrikladi.

– Yurtboshimizning e’tirozlari oʻrinli edi, haqiqatan mazkur mahallaning koʻp qavatli uylarida yetarlicha muammolar yigʻilib qolgan. Umid qilamizki, yangi tashkil etilgan boshqaruv tashkiloti aholiga sifatli xizmat koʻrsatadi, – dedi vazir oʻrinbosari.

Aholi vakillariga boshqaruv tashkilotining yangi binosi tanishtirib chiqildi.