Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri “Shodiyona” MFYning bosh rejasi ishlab chiqilib, qurilish, qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Avvalo, Qurilish vazirligi boshchiligida barpo etilishi rejalashtirilayotgan mahalla markazi, savdo do‘koni, maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarining bosh rejasi va nuroniylar binosining loyiha taklifi ko‘rib chiqildi.