✅ Mirzo Ulug‘bek tumanida tashkil etilgan tezkor avariya ta’mirlash-tiklash guruhi tomonidan Qorasuv 6 19-v uyning issiqlik ta’minoti tizimi soz holatga keltirilmoqda. Xususan, ko‘p qavatli uyning tik quvurlari almashtirilib, barcha xonadonlarning ichki tarmoqlarida aniqlanayotgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.
💡 Shuningdek, mazkur hududdagi 19,19-а,19-b,19-v uylarning elektr ta’minoti tiklandi.