➖ Xabar berganimizdek, poytaxtimizning Chilonzor tumani 8-mavze “Nafosat” mahallasidagi 33, 34-son koʻp qavatli uylarda mavjud muammolar mutasaddilar tomonidan oʻrganilgan edi. Ayni daqiqalarda mazkur ishlarning borishi, amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov, vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva tomonidan koʻzdan kechirilmoqda.
❗️ “Tezkor hamkor” BSK tomonidan xizmat koʻrsatiladigan mazkur uylarning issiqlik va suv ta’minotida uchrayotgan muammolar mutasaddilarning tashabbusi bilan qoʻshimcha kuch va material jalb qilingan holda bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, boshqaruv kompaniyaning aholi muammolari bilan tizimli ishlamayotgani keskin tanqid qilindi. Xususan, kirish yoʻlaklaridan oʻtgan quvurlar yetarli darajada izolyatsiyalanmaganligi sababli muzlab qolgan. Bu esa koʻp qavatli uyda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
👉 Sherzod Hidoyatov aholida boshqaruv tashkilotini tanlash imkoniyati mavjudligi, BSK faoliyatidan qoniqmasa oʻzgartirish kerakligini tushuntirdi.