➡️ Marg’ilon shahri “Guliston” mahallasi 1a,5-uyda hamda “Miltiqsoz” mahallasi B.Marg’iloniy 146-uyning elektr ta’minotida uzilishlar boʻlgani va elektr taqsimlovchi shit ta’mirtalabligi aniqlandi.
Mazkur uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Mar Obod Zeromaks” boshqaruv servis kompaniyasining avariya dispetcherlik xizmati xodimlari tomonidan elektr shitdagi ehtiyot qismlari mukammal ta’mirlanib, xonadonlarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishildi.
📝Ma’lumot uchun: Mar Obod Zeromaks” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 105 ta ko’p kvartirali uyga kommunal xizmatlar ko’rsatiladi.
📍Fargʻona viloyati