• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Shtab faoliyati

Yanvar 20, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📍 Toshkent shahri Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida joylashgan “O.Zokirova” lokal qozonxonaning quvvati 3,0 Gkal/soatni tashkil etib, 2,1 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari mavjud. Mazkur lokal qozonxona orqali Chinobod ko‘chasidagi 126 xonadondan iborat 7 ta 2 qavatli, Karim Zaripov ko‘chasidagi 108 xonadondan iborat 3 ta 4 qavatli uylar, 1 ta 40 xonali yotoqxona va 1 ta 960 o‘rinli 58-son umum ta’lim maktabi issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi.

Joriy yilning 15-yanvar kuni issiqlik tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik sababli, qozonxona faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Issiqlik tarmoqlarida amalga oshirilgan tezkor ta’mirlash-tiklash ishlari tufayli qozonxona faoliyati o‘sha kuniyoq tiklandi.

🟠 Shuningdek, shtab a’zolari tomonidan mazkur hududda issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida Karim Zaripov ko‘chasidagi 108 xonadondan iborat 3 ta 4 qavatli uy va 1 ta 40 xonali yotoqxonaga quvvati 1,7 MVt bo‘lgan zamonaviy energotejamkor modul qozonxona o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur modul qozonxona bugun 19:00 ga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.