⚠️ Qish mavsumida Namangan viloyati aholisini qiynayotgan muammolarni qabul qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tezkor ishchi guruhlar shakllantirildi. Shuningdek, boshqarmada aholi murojaatlarini qabul qilish, mas’ul ijrochilarga yetkazish va bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha 24/7 ish rejimidagi dispetcherlik shtabi tashkil etildi.
Issiqlik, ichimlik, oqova suv, elektr va gaz ta’minoti tizimlarida yuzaga kelgan talofatlarni bartaraf etish maqsadida 315 nafar ishchidan iborat 20 ta tezkor avariya ta’mirlash-tiklash guruhi yo‘lga qo‘yildi. Ishlarni samarali tashkil etishga jami 36 ta maxsus texnika jalb qilindi.
✔️ Respublikamizga anomal sovuq oqimi kirib kelgan kunidan boshlab Namangan viloyatida tashkil etilgan ishchi guruhga 657 murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 650 tasi ijobiy hal etilgan. Hozirda 7 ta murojaat yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, aholi tomonidan qilingan murojaatlar davomida 38 ta ko‘p kvartirali uyda issiqlik ta’minoti, 14 ta ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismidagi ichimlik va oqova suv quvurlari, 4 ta uyning lift uskunalari, 50 ta kirish yo‘lagidagi eshiklarga avtomatik yopish uskunasi (dovodchik) o‘rnatildi. 76 ta elektr shit ta’mirlandi. Elektr tarmog‘ida kuchlanishlar ortishi oqibatida ko‘p kvartirali uyga boruvchi 500 p/m elektr kabellari boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan yangisiga almashtirildi.