🔔 Mirzo Ulugʻbek tumani Feruza mavzesida ish qizgʻin. Tumanda tashkil etilgan tezkor ishchi guruh tun-u kun aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan mehnat qilmoqda. Xususan, koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklaridagi eshiklar uchun maxsus moslama (dovodchik) oʻrnatish, singan oynalarni butlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, joylarda kuzatilayotgan favqulodda holatlar tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda tezkor bartaraf etilmoqda.
🫥 Kecha, 16-yanvar kuni mavzedagi koʻp qavatli uylarga 190 ta dovodchik oʻrnatilib, 4 ta koʻp qavatli uyning singan oynalari butlandi. Shuningdek, mavzening ichki yoʻllari qum va tuz aralashmasi yordamida muzlardan eritildi. Uylarning elektr shitlaridagi muammolar bartaraf etildi.
Hozirda koʻp qavatli uylarning yertoʻla qismlaridagi zarar yetgan quvurlar yangisiga almashtirilmoqda. Aholi esa olib borilayotgan ishlardan mamnun.