Singapurda 42 ming uyga mo‘ljallangan ekoshahar quriladi. Ilk uylar 2023 yildan foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Singapurda Tengax (malaychada — «oraliq») nomli kelajak ekoshahri quriladi. Unda joylashgan kvartiralar narxi 81 ming dollardan boshlanadi, ilk uylar esa 2023 yilda foydalanishga topshiriladi. 42 ming uyga mo‘ljallangan Tengax ekoshahri beshta tumanni qamrab olib (plantatsiya, bog‘, park, «g‘ishtli» tuman va o‘rmon tepaligi), Singapur hukumati tomonidan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, qurilgan 24-manzilgohga aylanadi. Biroq loyiha saytida ta’kidlanishicha, u mamlaktadagi birinchi «aqlli» ekoshaharga aylanadi. Loyiha mualliflarining g‘oyasiga ko‘ra, avtomobil va temir yo‘llar yer ostidan o‘tkazilib, piyodalar uchun qo‘shimcha zonalar yaratiladi.Bu kabi qurilishni amalga oshirish Singapur hukumati uchun 2030 yilga borib atmosferaga karbonat angidrid gazini chiqarishni kamaytirish, 2050 yilga borib esa uni ikki barobar qisqartirish imkonini beradi.