❓ 1. Qurilish resurslari klassifikatori nima uchun kerak?
❗️ Qurilish resusrlari klassifikatori: qurilish va loyihalash jarayonlari ishtirokchilari o’rtasidagi shaharsozlik hujjatlari almashinuvi, jumladan loyiha-smeta hujjatlarini yuritishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tushunmovchiliklar va xatoliklarning oldini olishda, shuningdek, statistik hisobotlar va soliq idoralari hisobotlarida farqli holatlar bo’lmasligi va hujjatlar almashinuvini unifikatsiya qilishda qurilish resurslari klassifikatoridan foydalaniladi.
❓ 2. Qurilish resurslari klassifikatori qanday tuzilgan?
❗️Qurilish resurslari klassifikatori 113 mingdan ortiq nomdagi resurslardan iborat. Bular 35 ta kitobda qism, bo’lim va guruhlar kesimida tasniflangan.
📎 Klassifokatordagi har bir resurs o’zining unikal kodi, ya’ni, artikulga ega. Davlat idoralari, xususan soliq hamda statistika hisobotlari bilan o’zaro integratsiya qilish va tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida klassifikator IFUT (OKED) hamda TIF TN (TN VED) bilan uyg’unlashtirilgan.
📎 Klassifikatordan foydalanish buyurtmachi, loyihachi, quruvchi, ekspertiza va nazorat organlari, shuningdek qurilish obyektini qabul qiluvchilar munosabatlarini soddalashtiradi. Masalan, loyihachi smeta hujjatlarida resurslarning nomi bo’yicha orfogragik yoki boshqa xatolikka yo’l qo’ysa yoki qisqartmalardan foydalansa, muayyan resursning artikuli orqali uning aniq nomini tekshirib olishi mumkin.
📎Klassifikatordagi resurslar, yuqorida aytib o’tilgan IFUT hamda TIF TN bilan uyg’unlashtirilgandan tashqari, ularning har biri qaysi standart (GOST, O’zDST, ISO, EN va boshqalar) talablariga javob berishi lozimligi ham ko’rsatib o’tiladi, bu esa resursning sifati talab darajasida ekanligi va tegishli standart talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligini bildiradi.
📌 3. Reja
❗️Hozirda maxsus platforma yaratilgan – standart.mc.uz Unga qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilar va sotuvchiar o’z takliflarini kiritishlari mumkin. Resursdan foydalanuvchilar yangi platforma orqali takliflarni o’rganish va harid qilish imkoniga ham ega bo’ladilar. Shuningdek, Davlat soliq inspeksiyasi hamda Statistika qo’mitasi hisobotlari bilan platformaning uyg’unlashtirilishi orqali resurslarda joriy narhlar obyektiv shakllantiriladi va doimo aktualligini saqlab qoladi.