• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Surxondaryo viloyatida 438 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilanadi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Surxondaryo viloyatida 438 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilanadi
Noyabr 11, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-408-sonli qaroriga asosan Respublika hududlari obod qilinib, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar tizimli hal etilmoqda. Joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlari yaxshilanmoqda, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilmoqda.

📍 Jumladan, Surxondaryo viloyatining 438 ta mahallasida 2022-2023 yillar davomida 532 ta shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi va bunga 423, 2 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda esa mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash uchun 162,2 mlrd so‘m yo‘naltiradi va bu boradagi ishlar yaqin kunlar ichida boshlanadi.

🟡 Viloyatning hududlar kesimida infratuzilmasi yaxshilanadigan mahallalar soni quyidagicha:

▪️Termiz shahar – 23 ta mahalla;
▪️ Angor tumani – 17 ta mahalla;
▪️ Bandixon tumani – 13 ta mahalla;
▪️ Boysun tumani – 23 ta mahalla;
▪️ Denov tumani – 55 ta mahalla;
▪️Jarqo‘rg‘on tumani – 50 ta mahalla;
▪️Qiziriq tumani – 15 ta mahalla;
▪️Qumqo‘ron tumani – 44 ta mahalla;
▪️Muzrabot tumani – 23 ta mahalla;
▪️Oltinsoy tumani – 25 ta mahalla;
▪️Sariosiyo tumani – 40 ta mahalla;
▪️Termiz tumani – 12 ta mahalla;
▪️Uzun tumani – 38 ta mahalla;
▪️Sherobod tumani – 26 ta mahalla;
▪️Sho‘rchi tumani – 34 ta mahalla.

💎Ushbu mahallalarda 2022-2023 yillar davomida:

▫️ ichki yo‘llar ta’miri uchun 207 ta;
▫️ichimlik suvi ta’minoti uchun 194 ta;
▫️oqova suv ta’minotini yaxshilash uchun 2 ta;
▫️elektr energiyasi ta’minoti 58 ta;
▫️gaz ta’minotini yaxshilash uchun 8 ta;
▫️umumta’lim maktablari uchun 8 ta;
▫️maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 6 ta;
▫️sport yo‘nalishidagi 2 ta;
▫️boshqa yo‘nalishlardagi 47 ta obyektlarda jami 423,2 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshirish ko‘zda tutilgan.