• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Taʼlim muassasalari faoliyati

Fev 1, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Joriy yilning 28-29-yanvar kunlari Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev vazirlik tarkibidagi Navoiy va Samarqand viloyatlarida joylashgan professional taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Unda Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi hamda Samarqand qurilish kolleji ustaxonalaridan foydalanish unumdorligini oshirish, ustaxonalarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, oʻquvchilar amaliyotlarini oʻtash jarayonida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, byudjetdan tashqari mablagʻ topish ishlarini kengaytirish uchun qilish zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.