Tanlov ishtirokchilari diqqatiga: test.argos.uz savollaridan namunalar e’lon qilinmoqda!
🔷 Ko‘psonli tanlov ishtirokchilari — vakant lavozim uchun nomzodlar talabiga muvofiq, endilikda test.argos.uz — davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish modulidagi test savollaridan namunalar e’lon qilib boriladi.
🔰 Bunda har kuni har bir yo‘nalishdan bittadan (jami 5 ta) savol viktorina shaklida berib boriladi. Siz savolga noto‘g‘ri javob berganingizda ham to‘g‘ri javobni bilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
❗️Eslatib o‘tamiz, e’lon qilinadigan savollar namunalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan modulga qo‘shilgan bo‘lib, umumiy savollar vaznining 50%ni tashkil etadi.
O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazib boring!