📌 Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining tashkil etilishi munosabati bilan ayrim rahbar xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida” 2023-yil 31-yanvardagi PQ-31-son qaroriga koʻra:
– Adilov Davronjon Kabildjanovich – Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari;
– Arashov Jalol Samandarovich – Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari;
– Joʻrayeva Ozoda Abdurahimovna – Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari;
– Tulyaganov Kozim Nosirovich- Vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimlariga tayinlandilar.
🟥Shuningdek, boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Saifnazarov Sohib Ismoilovich Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan hamda Jahongirov Shukrullobek Akmaljon oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasining Qurilish vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.