Prezident qaroriga asosan O‘ktam Ismoilovich To‘rayev Qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘.To‘rayev tayinlovga qadar Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu kunga qadar Qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Erkin Bo‘riyevich Iskandarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.